Devpro 2016-yilda ikki dasturchidan boshlangan. Birinchi buyurtma kichik logistika kompaniyasi uchun yuk hujjatlarini hisobga oluvchi tizim edi. Uni uch oyda yozdik va ikki hafta kechikdik.
O'shanda bir narsani tushundik: Mijoz kechikishning o'zidan emas, kechikish haqida oldindan aytilmaganidan xafa bo'ladi. Shundan beri har loyihada haftalik holat hisoboti bor — yaxshi xabar ham, yomoni ham bir xil tezlikda yetkaziladi.
To'qqiz yil ichida yo'nalishlar kengaydi: veb saytlardan tortib ishlab chiqarish ERP tizimlari, tayyor SaaS mahsulotlar va ulush evaziga quriladigan startaplargacha. Ishlash usuli esa o'zgarmadi — avval jarayonni o'rganamiz, keyin kod yozamiz. Aksariyat loyihalarimizda birinchi hafta kompyuter oldida emas, mijozning ofisida yoki sexida o'tadi.