Yaxshi sayt faqat chiroyli bo‘ladi(mi)? Dizayn, tezlik, qulaylik va natija
300+ ko’rishlar soni
70 Yoqtirmalar
8 Daq o’qish vaqti
Biznesingiz O‘sishini Ta’minlovchi Yuqori Texnologik IT-Yechim va Dasturlar
Chiroyli, lekin ...
Ko‘p kompaniyalar sayt uchun yaxshi pul to‘laydi: zamonaviy dizayn, chiroyli animatsiyalar, sifatli fotolar. Bir necha oydan keyin savol tug‘iladi: «Nega saytdan ariza kelmayapti?»

Sabab oddiy: sayt ko‘rgazma uchun yaratilgan, sotuv uchun emas. Biznes sayti bitta vazifani bajaradi — begona odamni mijozga aylantiradi. Dizayn bu vazifaning to‘rt qismidan faqat bittasi.
“Sayt san’at asari emas, u sotuv menejeri. U 24/7 ishlaydi — va uning natijasi ham o‘lchanadi.”
Saytingizni 5 daqiqada tekshiring
3 soniyada : Kompaniya nima qiladi va kimga? — Birinchi ekranda aniq yozilgan
Aloqa : Qo‘ng‘iroq yoki Telegramga necha bosishda yetasiz? - 1 ta bosish
Narx : Narx yoki narx oralig‘i bormi? - Bor yoki «hisoblash» tugmasi bor
Ishonch : Keys, mijozlar, sharhlar ko‘rinadimi? - Real nomlar va natijalar bilan
Mobil : Telefonda matn o‘qiladimi, tugmalar bosiladimi? - Kattalashtirmasdan qulay
To‘g‘ri sayt nimani o‘zgartiradi?
1. Ko'proq ariza
Aniq taklif va qisqa yo‘l bir xil trafikdan ko‘proq murojaat olib keladi.
2. Arzon reklama
Sahifa sotadigan bo‘lsa, har bir ariza narxi pasayadi.
3.Boshqariladigan o'sish
Analitika qaysi sahifani tuzatish kerakligini ko‘rsatadi — taxmin emas, raqam.
Qayta ishlashdan oldin 3 qadam
  1. Maqsadni bitta raqam bilan belgilang
Sayt nima olib kelishi kerak: ariza, qo‘ng‘iroq, onlayn to‘lov? Oyiga nechta?
2.Analitikani ulang
Google Analytics yoki Yandex Metrika va maqsadli harakatlar (forma, qo‘ng‘iroq tugmasi) sozlanganiga ishonch hosil qiling.
3.Dizayndan oldin tuzilma
Avval sahifa tuzilmasi va matnni yozing: taklif, dalillar, e’tirozlarga javob, aloqa. Dizayn shu skelet ustiga quriladi.
Platformalaringiz xavfsizligi, tezligi va texnik imkoniyatlarini bepul tahlil qilib beramiz
Raqamli Tizimingiz Tayyormi Texnik Audit Qildiring
Made on
Tilda