Ma’lumotlaringiz qayerda saqlanadi? Server tanlashdan oldin 5 savol
300+ ko’rishlar soni
70 Yoqtirmalar
8 Daq o’qish vaqti
Biznesingiz O‘sishini Ta’minlovchi Yuqori Texnologik IT-Yechim va Dasturlar
Sayt ishlayapti — lekin ma’lumot qayerda?
Ko‘p rahbarlar saytini yoki CRM tizimini ishlatadi-yu, mijozlar bazasi, to‘lovlar tarixi va hujjatlar qaysi serverda, qaysi davlatda turganini bilmaydi. Hammasi yaxshi ishlab turganda bu savol muhim ko‘rinmaydi. Server to‘xtaganda yoki ma’lumot yo‘qolganda esa kech bo‘ladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston qonunchiligi fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini mamlakat hududidagi serverlarda saqlashni talab qiladi. Mijozlar bazasi bilan ishlaydigan har bir biznes bu talabni hisobga olishi kerak.

“Ma’lumot — biznesning eng qimmat aktivi. Uni qayerda saqlayotganingizni bilmaslik — pulingiz qaysi bankda ekanini bilmaslik bilan barobar.”
Server tanlashdan oldin 5 savol
1.Server jismonan qayerda joylashgan?
Shaxsga doir ma’lumotlar uchun mahalliy qonunchilik talablariga mos keladimi? Foydalanuvchilaringizga yaqin server sayt tezligini ham oshiradi.
2.Zaxira nusxa qanchalik tez-tez olinadi?
Kunlik zaxira bormi, u boshqa joyda saqlanadimi va undan tiklash oxirgi marta qachon sinab ko‘rilgan?
3.Server to‘xtasa, nima bo‘ladi?
Kafolatlangan ishlash vaqti (uptime) qancha? Nosozlik bo‘lsa, kim, qancha vaqtda javob beradi?
4.Kirish huquqlari kimda?
Serverga kim kira oladi, parollar qanday saqlanadi, sobiq xodim yoki pudratchining kirishi yopilganmi?
5.Yuklama oshsa, server chidaydimi?
Reklama kampaniyasi yoki mavsumiy savdo paytida tizim qulab tushmasligi uchun kengayish rejasi bormi?
To‘g‘ri infratuzilma nima beradi?
  1. Qonunga moslik
Shaxsga doir ma’lumotlar talablariga rioya qilinadi — jarima va tekshiruv xavfi kamayadi.
2.Uzluksiz ishlash
Monitoring va zaxira nusxalar nosozlikni mijoz sezmasdan bartaraf etishga imkon beradi.
3.Xotirjamlik
Ma’lumotlar himoyalangan va tiklash rejasi tayyor — rahbar biznesga e’tibor qaratadi.
Bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar
Ko‘p hollarda eng to‘g‘ri strategiya — botdan boshlash. U talabni tekshiradi, birinchi mijozlar bazasini yig‘adi va jarayonlarni tartibga soladi. Foydalanuvchilar soni va talablar o‘sgach, bot orqali yig‘ilgan ma’lumotlar asosida mobil ilova quriladi — va u taxmin emas, real ehtiyoj ustiga yoziladi.
  1. Xorijiy bulut xizmatlaridan foydalansa bo‘ladimi?
Shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlanmaydigan qismlar uchun ko‘pincha mumkin. Mijozlar bazasi uchun esa mahalliy talablarni yurist bilan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
2.Kichik biznesga alohida server kerakmi?
Har doim emas. Lekin zaxira nusxa, himoyalangan kirish va aniq javobgar shaxs — hajmidan qat’i nazar har qanday biznes uchun shart.
3.Server xizmati qancha turadi?
Resurslar va qo‘llab-quvvatlash darajasiga bog‘liq:
Platformalaringiz xavfsizligi, tezligi va texnik imkoniyatlarini bepul tahlil qilib beramiz
Raqamli Tizimingiz Tayyormi Texnik Audit Qildiring
Made on
Tilda