Stsenariy tanish: kompaniya CRM tizimini sotib oladi, bir-ikki hafta sozlaydi, jamoaga ko‘rsatadi. Bir oydan keyin ma’lum bo‘ladi — menejerlar mijozlarni hamon Excel’da, shaxsiy Telegram’da va daftarda yuritmoqda. CRM’da esa bir nechta eski yozuv va rahbarning umidi qolgan.
Muammo odatda dasturda emas. CRM — bu odatni o‘zgartirish loyihasi, texnologiya esa uning faqat bir qismi.